Qurilmalar: brauzer, telefon, ilova
Xodim qayerda gaplashishini Qurilma maydonida tanlaysiz. Qo'ng'iroq shu tanlovga qarab xodimning qurilmasiga ketadi.
| Qurilma | Tavsif |
|---|---|
| Brauzer ilovasi | Chrome kengaytmasi, amoCRM vidjeti, Windows ilovasi. Mikrofon va garnitura kompyuterda. |
| Stol telefoni / softfon | SIP login va parol bilan ulanadigan apparat yoki dastur (Zoiper, MicroSIP). |
| Ikkalasi birga | Qo'ng'iroq ikkalasida jiringlaydi — qaysi birida ko'tarilsa, o'sha gaplashadi. |
Siptell ilovalari
Chrome kengaytmasi, Windows ilovasi va amoCRM vidjeti avtorizatsiya kaliti bilan kiradi (login: brauzer logini). SIP login va parol kerak emas. Batafsil: Chrome kengaytmasi, Windows ilovasi.
Softfon yoki stol telefoni
Xodim kartochkasidagi SIP ma'lumotlari (login va parol) ni dasturga kiriting. Server — siptell.uz. Batafsil: Softfonlar va stol telefoni.
Telefon (Android)
Xodim telefonining oddiy qo'ng'iroqlarini yozib, panel va CRMga tushirish uchun Android ilova bor.
Bir vaqtda ikki brauzer ilovasi
Chrome kengaytmasi va amoCRM vidjeti ikkalasi ham ochiq bo'lsa, qo'ng'iroq ikkalasida jiringlaydi. Vidjetdan foydalansangiz kengaytmani o'chiring.
