Qo'ng'iroq o'tmayapti
Muammo qaysi tomonda ekanini aniqlang.
Kiruvchi qo'ng'iroq xodimga tushmayapti
- Raqam holati. Raqamlar da operator ulanishi «faol» bo'lishi kerak. «Faol emas» bo'lsa login/parol va xostni tekshiring (Raqam ulash).
- Sxema biriktirilganmi. Raqamga kiruvchi sxema tanlanmagan bo'lsa qo'ng'iroq hech kimga yo'naltirilmaydi (Kiruvchi sxema).
- Ish grafigi. Hozir ish vaqtidan tashqari bo'lishi mumkin — sxemaning ikkinchi tarmog'i ishlayapti.
- Xodim ulanganmi. Ilova ochiq, «Liniyada» holatida va internet bor. Qurilma turi (brauzer/telefon) kartochkada to'g'ri tanlanganini tekshiring.
- Kechikish. Statistikada qo'ng'iroq bormi? Bo'lsa — sxema qaysi tarmoqqa ketganini «Sxema» ustunidan ko'ring.
Chiquvchi qo'ng'iroq ketmayapti
- Xodimning qurilmasi ulangan va mikrofon ruxsati berilgan.
- Chiquvchi sxema bor va xodim unga kiritilgan (Chiquvchi sxema).
- Xalqaro raqamga qo'ng'iroq uchun sxemada «Xalqaro qo'ng'iroqlarga ruxsat» kerak.
- Operatorda parallel kanallar to'lib qolmaganmi.
- Balans va tarif muddati: muddat tugagan bo'lsa qo'ng'iroqlar to'xtaydi.
Operator ulanishi faol emas
- Login, parol va xostni operator shartnomasi bilan solishtiring.
- Operator ruxsat etilgan IP ro'yxatidan foydalansa, Siptell server manzili kiritilganini so'rang.
- Uztelecom ichki (
172.x.x.x) manzil bergan bo'lsa — ommaviy manzil kerak (Operatorlar).
Hal bo'lmasa, qo'ng'iroq raqami va vaqtini yozib qo'llab-quvvatlashga yuboring.
