Skip to content

amoCRM ulash ​

Siptell amoCRM bilan bir tugma orqali ulanadi. Ulangach qo'ng'iroqlardan kontakt va bitim yaratiladi, yozuv bitimga biriktiriladi, xodim brauzerda amoCRM sahifasida turib qo'ng'iroq qiladi.

Integratsiyalar bo'limi

Ulash — bir tugma ​

  1. Integratsiyalar → Tayyor yechimlar → amoCRM ni oching.
  2. amoCRMga ulash tugmasini bosing.
  3. Ochilgan amoCRM oynasida o'z hisobingizni tanlab «Разрешить» ni bosing.
  4. Integratsiya amoCRMda o'zi yaratiladi va ulanadi — kalitlarni qo'lda kiritish shart emas.

Holat va domen sozlama oynasi tepasida ko'rinadi.

Qo'lda ulash (o'z integratsiyangiz bilan)

Agar o'z integratsiyangizni yaratgan bo'lsangiz «Qo'lda ulash» havolasi orqali Subdomen (masalan kompaniya, .amocrm.ru shart emas), Integratsiya ID va Maxfiy kalitni kiritasiz. Bu ma'lumotlar amoCRMdagi «Интеграции» bo'limidan olinadi.

Birinchi sinxronlash ​

Ulangach Sinxronlash tugmasini bosing: amoCRMdagi foydalanuvchilar, voronkalar, kontakt va bitim maydonlari Siptellga yuklanadi. Keyin:

  1. Xodimlarni amoCRM foydalanuvchilari bilan bog'lang.
  2. Voronka va bosqichni tanlang — yangi bitim qayerga tushadi.
  3. Vidjetni o'rnating — xodim amoCRM ichida gaplashishi uchun.

Uzish ​

Integratsiyani uzish tugmasi panelda bor; uzishdan oldin tasdiq so'raladi. Uzilgach qo'ng'iroqlar CRMga tushmaydi, lekin telefoniya ishlayveradi.

Bir amoCRM — bir kabinet

Har bir Siptell kabineti o'z amoCRM hisobiga ulanadi. Bir nechta kabinetga bitta hisobni ulash tavsiya etilmaydi.

Savolingiz qoldimi?Qo'llab-quvvatlash xizmati yordam beradi — Telegramdan yozing.
Telegramdan yozish

Siptell — bulutli ATS