Skip to content

Operatorlar: Skyline, Uztelecom ​

Ulash oynasida O'zbekiston operatorlari ro'yxati bor; tanlangach faqat kerakli maydonlar chiqadi.

Skyline ​

  • Xost: pbx.skyline.uz (panel o'zi qo'yadi).
  • Ro'yxatdan o'tish (register) doim yoqiq.
  • Kerak: shartnomadagi SIP login va parol.

Serverimizda Skyline uchun SIP (5060) ochiq, shuning uchun ulash eng sodda.

Uztelecom ​

Uztelecom server manzili, login va parolni shartnoma bilan beradi. Ro'yxatdan o'tmasdan (IP bo'yicha) ishlaydi.

Ichki manzil bo'lsa

Agar Uztelecom bergan manzil ichki tarmoqniki bo'lsa (masalan 172.25.x.x), internetdan unga ulanib bo'lmaydi. Bu holda ommaviy (public) SIP manzil yoki alohida ulanish kanali kerak. Operatordan so'rang va qo'llab-quvvatlashga yozing.

Boshqa operatorlar ​

Sarkor Telecom, Nano Telecom, Sharq Telecom, East Telecom, Turon Telecom, Comnet, IstTelecom va Boshqa operator tanlovi bor. Bularda server manzili va qiymatlar operator shartnomasidan kiritiladi (ro'yxatdan o'tish va proksi kerak-kerakmasligi ham shartnomada yoziladi).

Operator bizning serverimizni kiritishi kerak

Ba'zi operatorlar faqat ruxsat etilgan IP-manzillardan SIP qabul qiladi. Shartnomaga Siptell server manzilini kiritishni so'rang. Qaysi operator uchun SIP ochiq ekani haqida qo'llab-quvvatlashdan so'rang.

Savolingiz qoldimi?Qo'llab-quvvatlash xizmati yordam beradi — Telegramdan yozing.
Telegramdan yozish

Siptell — bulutli ATS