Skip to content

Siptell nima ​

Siptell — kompaniyangiz uchun bulutli ATS (virtual telefon stansiya). Alohida stansiya sotib olish va server saqlash shart emas: raqamlar, xodimlar va qo'ng'iroq yo'llari brauzerdagi panelda sozlanadi.

Nimalar qila oladi ​

  • Kiruvchi va chiquvchi qo'ng'iroqlar — xodim brauzerda, Windows ilovasida, telefonda yoki stol apparatida gaplashadi.
  • Qo'ng'iroq sxemasi (konstruktor) — mijoz raqamga qo'ng'iroq qilganda nima bo'lishini chizasiz: ish grafigi, ovozli menyu, navbat, uzatish, ovozli pochta.
  • Yozuvlar — qo'ng'iroqlar yozib olinadi, panelda eshitiladi va yuklab olinadi.
  • amoCRM integratsiyasi — qo'ng'iroqdan kontakt va bitim avtomatik yaratiladi, yozuv bitimga biriktiriladi, mijoz kartochkasi ochiladi.
  • Statistika — qo'ng'iroqlar, xodimlar va raqamlar kesimida hisobotlar.
  • Avtoobzvon — ro'yxatdagi raqamlarga xodimlar navbat bilan qo'ng'iroq qiladi.
  • API va webhook — o'z tizimingizdan qo'ng'iroq boshlash va hodisalarni olish.

Qanday ishlaydi ​

  1. Operatordan (masalan Skyline) telefon raqami olasiz va SIP ma'lumotlarini panelga kiritasiz.
  2. Xodimlarni qo'shasiz — har biriga ichki raqam beriladi.
  3. Konstruktorda kiruvchi qo'ng'iroq yo'lini chizasiz.
  4. Xodim brauzer yoki ilova orqali gaplashadi, hammasi panelda va CRMda ko'rinadi.

Boshlash uchun

Qisqa yo'l: Ro'yxatdan o'tish → Raqam ulash → Birinchi qo'ng'iroq.

Savolingiz qoldimi?Qo'llab-quvvatlash xizmati yordam beradi — Telegramdan yozing.
Telegramdan yozish

Siptell — bulutli ATS