Skip to content

Windows ilovasi ​

Siptell Windows ilovasi — kompyuter uchun alohida telefon dasturi. Brauzerdagi kengaytma bilan bir xil interfeys, lekin brauzerdan mustaqil: Chrome yopiq bo'lsa ham qo'ng'iroq keladi.

Yuklab olish ​

Ilova o'rnatuvchisi: siptell.uz/download/windows (hajmi katta — taxminan 110 MB).

O'rnatish va kirish ​

  1. O'rnatuvchini ishga tushiring va ko'rsatmalarga amal qiling.
  2. Ilovani oching va xodimning avtorizatsiya kaliti bilan kiring.
  3. Mikrofon va garnitura ruxsatini bering; Sozlamalar → Qurilmalar da kerakli mikrofon va karnayni tanlang.

Ishlashi ​

  • Kiruvchi qo'ng'iroqda oyna ochiladi, CRM kartasiga o'tish mumkin.
  • Ilova yangilanishlari avtomatik keladi.
  • Xodim qurilmasi sifatida «Brauzer ilovasi» tanlangan bo'lsa, qo'ng'iroq shu ilovada jiringlaydi.

Bir vaqtda bir nechta

Windows ilovasi, Chrome kengaytmasi va amoCRM vidjeti birga ochiq bo'lsa hammasida jiringlaydi. Bittasini tanlang.

Savolingiz qoldimi?Qo'llab-quvvatlash xizmati yordam beradi — Telegramdan yozing.
Telegramdan yozish

Siptell — bulutli ATS