Sinov muddati va eslatmalar
Muddat holatlari
| Holat | Nima bo'ladi |
|---|---|
| Sinov | 10 kun, hamma funksiya ochiq; xodimlar soni eng kichik tarif chegarasida. |
| Faol (to'langan) | Tarif muddati davomida to'liq ishlaydi. |
| Muddat tugadi | 3 kunlik imkoniyat: qo'ng'iroqlar hali ishlaydi, lekin to'lash kerak. |
| To'xtatilgan | 3 kun ichida to'lanmasa qo'ng'iroqlar to'xtaydi. Balansni to'ldirib tarif olsangiz qayta ishlaydi. |
Chap menyu pastidagi chip joriy holatni ko'rsatadi: to'langan bo'lsa yashil (qancha qolgani bilan), sinov yoki tugayotgan bo'lsa qizil.
Eslatmalar
Muddat tugashidan oldin kabinet egasiga eslatma yuboriladi:
- tugashiga 10, 7, 5, 3 va 1 kun qolganda;
- tugash kuni 5 soat qolganda;
- muddat tugaganda.
Eslatma panelda (qo'ng'iroqcha), ulangan bo'lsa Telegram botda va e-mailda keladi. Kanallarni Bildirishnomalar sahifasida tanlaysiz.
Yozuvlar
Sinovda yozuvlar sinov tugaguncha saqlanadi; tarif sotib olinmasa 3 kundan keyin o'chiriladi. Kerakli yozuvlarni oldindan yuklab oling.
