Panel bilan tanishuv
Panel — kabinetni boshqarish joyi. Chap tomonda bo'limlar menyusi, pastida to'lov holati, bilimlar bazasi (shu hujjatlar), qo'llab-quvvatlash va kabinet menyusi joylashgan.
| Bo'lim | Nima uchun |
|---|---|
| Raqamlar | Kompaniya telefon raqamlari. Har bir raqamga operator ulanishi (SIP) va kiruvchi qo'ng'iroq sxemasi biriktiriladi. |
| Konstruktor | Qo'ng'iroq yo'lini chizadigan joy: kiruvchi qo'ng'iroq kimga tushadi, chiquvchi qaysi raqamdan chiqadi. |
| Foydalanuvchilar | Xodimlar, bo'limlar va guruhlar; qurilma, parol va ruxsatlar. |
| Statistika | Qo'ng'iroqlar jurnali va hisobotlar; yozuvlarni tinglash va yuklab olish. |
| Integratsiyalar | amoCRM, qo'ng'iroq va yozuvlarni CRMga yuborish, API kalit va hodisalar. |
| Avtoobzvon | Ro'yxat bo'yicha avtomatik qo'ng'iroqlar. |
| Sozlamalar | Shaxsiy ma'lumotlar, kabinet va kol-markaz sozlamalari, yozish qoidalari. |
| To'lov va hujjatlar | Balans, tarif, hisob-faktura va hujjatlar. |
Pastki qism
- To'lov holati — sinov yoki tarif tugashiga qancha qolgani. To'langan bo'lsa yashil, sinov yoki muddat tugayotgan bo'lsa qizil. Bossangiz to'lov bo'limi ochiladi.
- Bilimlar bazasi — shu hujjatlar.
- Qo'llab-quvvatlash — Telegramdan yordam.
- Kabinet nomi — bosilsa menyu: til (UZ/RU/EN), qorong'i/yorug' mavzu va chiqish.
Menyuni yig'ish
Yuqoridagi logotipni bosing — menyu faqat ikonkalarga torayadi; yana bossangiz kengayadi.
ⓘ izohlar
Panelda ko'p tugma va maydonlar yonida ⓘ belgisi bor — ustiga olib borsangiz nima qilishi va natijasi qisqacha yoziladi.
