Skip to content

Ro'yxatdan o'tish ​

Kabinet siptell.uz saytida ochiladi. Ro'yxatdan o'tgach sinov muddati (10 kun) beriladi — tarif sotib olmasdan tizimni sinab ko'rasiz.

Qadamlar ​

  1. siptell.uz ni oching va ro'yxatdan o'tish tugmasini bosing.
  2. Kompaniya nomi, ismingiz, telefon, elektron pochta va parolni kiriting.
  3. Pochtangizga kelgan xatdagi «E-mailni tasdiqlash» tugmasini bosing (havola bir necha kun amal qiladi).
  4. Siptell jamoasi siz bilan bog'lanadi va sinovni ochadi. Shundan keyin panelga kirish, raqam ulash va qo'ng'iroqlar ishlaydi.

Nega sinov darrov ochilmaydi

Bekorchi ro'yxatlar serverni band qilmasligi uchun yangi kabinet avval ko'rib chiqiladi. Odatda tez ochiladi; kutib qolsangiz Telegramdan yozing.

Kabinet egasi ​

Ro'yxatdan o'tgan siz kabinet egasi (administrator, ichki raqam 100) bo'lasiz. Ega xodimlarni qo'shadi, administratorlarga qaysi bo'limlar ochiq bo'lishini belgilaydi, to'lov qiladi. Parol va pochtani keyin Sozlamalar → Mening ma'lumotlarim bo'limida almashtirasiz.

Sinov davrida cheklovlar ​

  • Xodimlar soni eng kichik tarif (Start) chegarasida — egasi ham shu songa kiradi.
  • Muddat tugagach 3 kun ichida to'lanmasa qo'ng'iroqlar to'xtaydi.

Keyingi qadam ​

Panel bilan tanishuv — chap menyudagi bo'limlar nima uchun.

Savolingiz qoldimi?Qo'llab-quvvatlash xizmati yordam beradi — Telegramdan yozing.
Telegramdan yozish

Siptell — bulutli ATS