Siptell vidjeti
Vidjet — amoCRM sahifalarida pastki o'ng burchakda turadigan telefon paneli. Xodim CRMdan chiqmay qo'ng'iroq qabul qiladi va qiladi.
Imkoniyatlar
- Kartochkadagi telefon raqami menyusida «Siptell orqali qo'ng'iroq».
- Kiruvchi qo'ng'iroqni brauzerda qabul qilish (onlayn-telefon) yoki stol telefoni uchun pult.
- Rad etish, tugatish, jiringlash ovozini o'chirish, mikrofon, DTMF klaviatura.
- O'tkazish: hamkasblar holati bilan (yashil, sariq, binafsha, qizil); darhol yoki maslahatlashib.
- Holat: Liniyada / Tanaffus / Obzvon / Liniyada emas; chiquvchi liniyani tanlash.
- Obzvon: xodim kampaniyalari va «Obzvonga chiqish».
- Tarix: oxirgi qo'ng'iroqlar, amoCRM kontakti nomi, yozuvni yuklab olish.
- Sozlamalar: natija so'rash, kartochkani avtomatik ochish, qo'ng'iroq ovozi, rejim, mikrofon va karnay.
- Suhbatdan keyin natija tanlanadi va amoCRMga izoh bo'lib yoziladi.
Parolsiz kirish
Vidjet amoCRMdagi foydalanuvchi bilan avtomatik kiradi — alohida login kerak emas. Buning uchun xodim amoCRM foydalanuvchisiga bog'langan bo'lishi kerak.
O'rnatish (amoCRM administratori)
- Vidjet arxivi (
siptell-amo-<versiya>.zip) Siptell ulangan o'sha shaxsiy integratsiyaga yuklanadi: amoCRM → Настройки → Интеграции → integratsiya → «Загрузить виджет». Boshqa integratsiyaga yuklansa kirish tekshiruvi ishlamaydi. - Vidjetni yoqing. Sozlamadagi server manzili bo'sh qolsa —
https://siptell.uz. - Birinchi qo'ng'iroqda brauzer mikrofon ruxsatini so'raydi — ruxsat bering.
Arxivni qo'llab-quvvatlashdan so'rang yoki ulash vaqtida panel taklif qiladi.
Kengaytma bilan birga
Xodimda Chrome kengaytmasi ham ochiq bo'lsa, ikkalasi ham jiringlaydi. Vidjetdan foydalansangiz kengaytmani o'chiring yoki vidjetda «SIP-telefon» ni tanlang.
Bir nechta oyna
amoCRM bir nechta varaqda ochiq bo'lsa, ovoz faqat bittasida bo'ladi; qolganlari shu holatni ko'rsatadi.
